AQSh sobiq prezidenti Jo Bayden seshanba kuni mamlakat rahbari lavozimini tark etganidan so‘ng birinchi marta amerikaliklar oldida nutq so‘zlaydi, deb xabar bermoqda AP.
Ma’lum qilinishicha, 82 yoshli demokrat yanvar oyida Oq uyni tark etganidan keyin, sobiq prezidentlar an’anasiga ko‘ra, ommaviy chiqishlardan o‘zini olib qochgan. Shu bilan birga, Tramp Baydenni ko‘pincha mamlakatdagi ko‘plab muammolarda ayblab kelmoqda.
Bayden Chikagoda bo‘lib o‘tadigan nogironlar masalalari bo‘yicha advokatlar, maslahatchilar va vakillarning milliy anjumanidagi kechki nutqida Trampga qarshi javob berishi kutilmoqda. Uning nutqi o‘n millionlab amerikaliklar uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ijtimoiy ta’minot masalasiga qaratiladi.