Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Ukrainaliklar Sumi uchun o‘ch oldi

Ukrainaliklar Sumi uchun o‘ch oldi

Ukraina mudofaa kuchlari 13 aprel, yakshanba kuni Sumi shahriga hujum qilgan Rossiya Qurolli Kuchlarining 448-raketalik brigadasining doimiy joylashuv punktiga zarba berdi.

Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabiga asoslanib, 24-kanal xabar qildi.

Telekanal zarba tafsilotlarini keltirmagan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya qo‘shinlari 13 aprelda Sumi markaziga ikki daqiqa oralig‘ida ikkita zarba berdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bu "Iskander-M" parchalanuvchi-fugasli raketasi bilan amalga oshirilgan. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyaning Sumiga hujumi natijasida 35 kishi halok bo‘lgan, 117 kishi jarohat olgan, ularning 15 nafari bolalardir.

Kiritildi: 20:23 15.04.2025. O'qildi: 3360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!