Bugun 6 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Yakkasaroyda yosh haydovchilar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Yakkasaroyda yosh haydovchilar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Joriy yilning 02 may kuni soat 04:00 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustavelli ko‘chasi 8-A uy qarshisida haydovchi 2006 yilda tug‘ilgan A.T. boshqaruvidagi Donel rusumli transport vositasi va 2007 yilda tug‘ilgan J.Q. boshqaruvidagi Skuter mototransport vositasi o‘zaro to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida Skuter mototransport vositasining haydovchisiga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 16:46 03.05.2025. O'qildi: 642 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!