Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda BYD va «Lacetti» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda BYD va «Lacetti» ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkent shahri Yashnobod tumanida BYD va «Lacetti» ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Poytaxt YHXB voqea yuzasidan ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13 aprel kuni soat 14:30 larda Yashnobod tumani Yangi O‘zbekiston ko‘chasida yuz bergan. Unda BYD hamda «Lacetti» rusumli avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

YTH oqibatida «Lacetti»ning 2 nafar yo‘lovchisi jabrlangan, ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 21:41 13.04.2025. O'qildi: 1403 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!