Toshkent shahri Mirobod tumanida BYD rusumli avtomashina 22 yoshli piyodani urib yubordi. Bu haqda shahar IIBB YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa kecha, 25 aprel kuni soat 13:30 larda Mirobod tumani Taras Shevchenko ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1971 yilda tug‘ilgan G.A. BYD rusumli avtomashinani boshqarib ketayotib, 2003 yilda tug‘ilgan U.T. (piyoda)ni urib yuborgan.
YTH oqibatida jabrlangan U.T.ga shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan poytaxt IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.