Shahar kengashi Yashnobod tumanidagi Bo‘rijar ko‘chasini Pekin ko‘chasi deb qayta nomlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, ko‘cha nomining o‘zgarishi bilan undagi ko‘chmas mulk ob’ektlarining manzillari ham yangilanadi. Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmasi bu ishlarni ikki oy ichida yakunlashi kerak.
Shuningdek, ko‘chadagi ko‘rsatkich va peshlavhalar uch oy ichida yangi nomga moslashtiriladi.
Yangi nom bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari ham olib boriladi.