Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda biologik faol qo‘shimcha sifatida qadoqlangan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi

Toshkentda biologik faol qo‘shimcha sifatida qadoqlangan kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi

🚨 DXX Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda bojxona idoralari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan kuzatuvda bo‘lgan poytaxtlik 1970 y.t. shaxsning Uchtepa tumanidagi yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

💊 Natijada uning uyida 1835 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, rasmiylashtirib olindi.

🧪 Eng achinarlisi shundaki, tarkibida ko‘p miqdorda pregabalin kuchli ta’sir qiluvchi moddasi bo‘lgan ushbu psixotrop dori vositalarini biologik faol qo‘shimchalar idishlariga qadoqlab, kelgusida ularni yashirin tarzda dorixonalarda yashirib sotish maqsad qilingan.

⚖️ Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251¹-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

🕵️‍♂️ Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:37 09.12.2025. O'qildi: 676 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!