Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda ayrim ko‘chalar 4 oyga yopiladi! Harakat rejangizni o‘zgartiring!

Toshkentda ayrim ko‘chalar 4 oyga yopiladi! Harakat rejangizni o‘zgartiring!

Toshkentda ayrim ko‘chalar 4 oyga yopilmoqda.

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqovning farmoyishiga ko‘ra, Mirzo Ulug‘bek tumani Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasi bo‘ylab “CAEX" savdo ko‘rgazmalar uyidan “Yangi O‘zbekiston” bog‘ining kirish qismigacha bo‘lgan hududda barcha turdagi transport vositalari harakati cheklanadi.

Ma’lum qilinishicha, Yangi O‘zbekiston shoh ko‘chasidagi Olimpiya shaharchasi hududi atrofida yer osti tunneli qurilishi boshlanishi rejalashtirilgan.

Xabarda qayd etilishicha, mazkur yo‘l qismi joriy yilning 12 aprelidan 1 sentyabrgacha yopiladi.

Kiritildi: 20:23 11.04.2025. O'qildi: 1175 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!