Toshkentda avtobus va metro yo‘lkirasi 2 500 so‘mga oshishi mumkin.
1 oktyabrdan jamoat transportida elektron to‘lovdagi yo‘l haqini 1 700 so‘mdan 2 500 so‘mgacha oshirish taklif qilinmoqda. Bu amaldagi tarifdan 47 foiz yuqori:
💳 Elektron to‘lov — 2 500 so‘m;
💵 Naqd to‘lov — 3 000 so‘m.
Shuningdek, yangi abonement va transport almashtirish tariflarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
📌 Qaror loyihasi 19 sentyabrga qadar jamoatchilik muhokamasida.