Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda aqlli suv hisoblagichlari o‘rnatiladi. Bepul!

Toshkentda aqlli suv hisoblagichlari o‘rnatiladi. Bepul!

Poytaxtda ichimlik suvini hisoblashda zamonaviy raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda. Yangi smart-hisoblagichlar aholi xonadonlariga bepul o‘rnatiladi.

Eski turdagi hisoblagichlar ko‘rsatkichlarining ma’lumotlar bazasiga o‘z vaqtida kiritilmasligi to‘lovlarda tushunmovchilik va kechikishlarga sabab bo‘lgan.

Ushbu yangi hisoblagichlar esa suv sarfi, iste’moli va bosimini aniqlik bilan o‘lchaydi. Nosozliklar va tashqi aralashuvlarni aniqlaydi va barcha ma’lumotlarni masofadan uzatadi.

Dastlabki sinovlar Shayxontohur tumanining ayrim hududlarida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan. Belgilangan rejaga ko‘ra esa joriy yilning uchinchi choragidan boshlab eski hisoblagichlarni yangisiga almashtirish ishlari Yangihayot tumanida start oladi.

Kiritildi: 06:40 26.07.2025. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!