IIVga ko‘ra, guruh O‘zbekistondan tashqari Saudiya Arabistoni, BAA, Ummon, Bahrayn, Qatar, Quvayt va boshqa davlatlarning 60 mingga yaqin fuqarosini onlayn qimorga jalb qilgan.
Tezkor tadbir davomida biznes markazdagi ofisdan serverlar, kompyuterlar, telefonlar, bank kartalari, SIM-kartalar va boshqa dalillar musodara qilingan.
Tekshiruvda so‘nggi 6 oyda guruh orqali $4 mlnga yaqin pul aylanmasi amalga oshirilgani aniqlangan.