“Hududgaz Poytaxt” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, gaz ta’minoti bo‘limi va “O‘zenergoinspeksiya” xodimlari ishtirokida Toshkent shahrining Yashnobod tumanida o‘tkazilgan xatlov jarayonida “zangori yoqilg‘i”dan o‘g‘rincha foydalanish holati fosh etildi.
Xususan, tumanning “Go‘zal” MFY, Go‘zal 1-berk ko‘chasidagi xonadonlardan birida tabiiy gazdan foydalanish holati o‘rganilganda, uyga yondosh hududda joylashgan binoda qandolat sexi tashkil etilgani aniqlandi. Ushbu sex loyiha-texnik hujjatlarsiz va gaz ta’minoti korxonasi bilan hech qanday shartnoma tuzmasdan, tabiiy gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, tizimga 5 milliard 22 million so‘mlik zarar yetkazilganligi qayd etildi.
Hozirda holat yuzasidan to‘plangan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquq-tartibot organlariga yuborilgan.