Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Toshkentda 358-sonli bog‘cha yangidan ishga tushirildi (FOTOGALEREYa)

Toshkentda 358-sonli bog‘cha yangidan ishga tushirildi (FOTOGALEREYa)

Yakkasaroy tumani Maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi “Nihol” nomli 358-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti 1964 yilda qurilgan. “Dilbuloq” MFYda, Qushbegi 16a uyda joylashgan bo‘lib, ta’mirdan avval quvvati 480 o‘rinli 16 ta guruh faoliyat olib bordi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 yanvardagi PQ-4565 hamda 2020 yil 28 dekabrdagi PQ-4936-sonli qarorlari investisiya dasturiga asosan tenderda g‘olib deb topilgan “151-QURILISH MONTAJ POYEZDI” MCHJ korxonasi tomonidan rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib ta’mirlashga (16 200 mlrd so‘m) mablag‘ ajratilgan.

Hozirgi kunda ta’mirlash ishlari 100% yakunlanib tashkilotning quvvati 720 o‘rinli, 24 ta guruhga mo‘ljallangan bo‘lib 240 bo‘sh o‘rin va 18 ish o‘rin yaratildi.

358-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining fasad, oshxonasi, guruh , bolalar yotoq xonalari, tibbiyot xona, musiqa zali, kir yuvish xonasi, administratsiya xonalari yangi zamonaviy binoga aylantirilib birinchi qavatdagi yo‘laklar binodan binoga o‘tish uchun yangi usti yopiq qishki yo‘laklarga aylantirildi. MTTga kirish darvozasiga yoniga bolalarni xavsizligini ta’minlash maqsadida yangi KPP ( nazorat tekshiruv punkti) tashkil etildi. Bolalar yozgi maydonchalari, yozgi futbol va basketbol maydonchalari hamda 2 ta bolalar suzish xavzasi, omborxona butunlay yangidan qurildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prizidentining 5 ta muhim tashabbusini ilgari surish maqsadida 358-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida alohida bino tashkil etilib, tarbiyalanuvchilar uchun turli xildagi pulik va bepul to‘garaklar tashkil etish maqsadida aloxida bino qurildi.

Bundan tashqari maktabgacha ta’lim tashkiloti xududidagi barcha yer maydonchalar bruchatkalar bilan to‘liq yotqizildi. Bolalar uchun barcha shart- sharoit mavjud bo‘lib bolalar yozgi o‘yingohlari qayta qurilib pol qismlari yog‘och pol bilan qoplanib tashkilotning xududidagi yerlarga chim va sunniy gazonlar bilan yotkizilib foydalanishga topshirildi.

Ta’mirlash ishlari natijasida, 358-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti yangi zamonaviy binoga aylantirilib, tarbiyalanuvchilar hamda xodimlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratildi.

Toshkentda 358-sonli bog‘cha yangidan ishga tushirildi (FOTOGALEREYa)

Toshkentda 358-sonli bog‘cha yangidan ishga tushirildi (FOTOGALEREYa)

Toshkentda 358-sonli bog‘cha yangidan ishga tushirildi (FOTOGALEREYa)

Toshkentda 358-sonli bog‘cha yangidan ishga tushirildi (FOTOGALEREYa)

Toshkentda 358-sonli bog‘cha yangidan ishga tushirildi (FOTOGALEREYa)

Toshkentda 358-sonli bog‘cha yangidan ishga tushirildi (FOTOGALEREYa)

Toshkentda 358-sonli bog‘cha yangidan ishga tushirildi (FOTOGALEREYa)

Kiritildi: 12:23 23.02.2023. O'qildi: 2686 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!