Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkentda 30 000 AQSh dollarga uy sotmoqchi bo‘lgan firibgarga jazo tayinlandi

Toshkentda 30 000 AQSh dollarga uy sotmoqchi bo‘lgan firibgarga jazo tayinlandi

Xalqimizda “bir yolg‘on ikkinchi yolg‘onga undaydi”, degan naql bor. Bu albatta bejiz emas, xatosidan to‘g‘ri xulosa chiqarmaydigan, yolg‘on ustiga yolg‘on gapiradigan kishilar hamon oramizda uchramoqda.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi sudyasi Sanjar Abduganiyevning "Aniq.uz"ga ma’lum qilishicha, Toshkentlik Raxim Maxkamov (ism-sharif o‘zgartirilgan) ham ana shunday kimsalar sirasidan.  U o‘zganing mulkini aldash va ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, 2020 yil yanvar oyida, Toshkent shahar, Markaz-1 dahasida joylashgan kafelardan birida, T.Alimovning ishonchiga kirib, unga Toshkent viloyati, Qibray tumanidagi uyni sotishni va uning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, T.Alimovdan jami 30.000 AQSh dollari miqdoridagi pullarni olib, bergan va’dasini bajarmasdan, olgan pullarini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib yuborgan.

Sud majlisi jarayonida sudlanuvchi R.Mahkamov qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligini, aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, ushbu jinoyatni og‘ir moddiy holatga tushib qolganligi uchun sodir qilganligini, jabrlanuvchidan uzr so‘ragani, pullarni esa imkoni bo‘lishi bilan qaytarishini takrorlardi.

Yolg‘onlari girdobiga sho‘ng‘igan fribgarlar holiga voy. Bundaylar “yolg‘on gapirsam odamlar menga ishonishadi” deb o‘ylab adashadilar.

Halollikni, insoniylikni, unitib, birovga yolg‘on va’dalar beruvchi bu kabi  firibgarlarga esa jazo muqarrar. Sud davlat ayblovchisining xulosasini, himoyachi fikrini, sudlanuvchi Raxim Maxkamovni, jabrlanuvchi va guvohlarning ko‘rsatuvlarini tinglab, jinoyat ishi hujjatlarini o‘rganib chiqib, R.Maxkamovni jinoyat sodir etganlikdagi aybli deb topib, qonun sanksiyasida ko‘rsatilgan jazoni tayinladi.

 

 

 

Kiritildi: 11:29 25.06.2020. O'qildi: 2116 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!