Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkentda 25 yoshli yigit o‘z onasini qasddan o‘ldirib, yerto‘laga ko‘mib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi (VIDEO)

A A A
Toshkentda 25 yoshli yigit o‘z onasini qasddan o‘ldirib, yerto‘laga ko‘mib qo‘ygani ma’lum bo‘ldi (VIDEO)

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Abdulla Adbulxayevning raisligida o‘tgan sud majlisida qo‘lini onasining qoniga belagan o‘g‘ilga 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Sud majlisida sudlanuvchi tariqasida so‘roq qilingan o‘g‘il aybiga to‘liq iqrorlik bildirdi.
Sudlanuvchi o‘g‘il 2021 yil 15 mart kunidan 16 mart kuniga o‘tar kechasi soat 02:00 larda o‘z xonadonida onasini begona erkakdan rashk qilish oqibatida yuzaga kelgan o‘zaro kelishmovchilik natijasida, o‘tmas jism bilan onasining bosh qismiga bir necha marta urib, oshxona pichog‘i bilan uning o‘ng tomon bo‘yin orqa yuzasini sanchib-kesib, qasddan o‘ldirgan. So‘ng sodir etgan jinoyatini yashirish maqsadida onasining jasadini o‘zi yashab kelayotgan xonadonning yerto‘lasiga ko‘mib qo‘ygan.

Jinoyati fosh bo‘lishidan qo‘rqib, profilaktika inspektoriga onasini qidirib topishda yordam so‘rab murojaat qiladi. Uning murojaatiga asosan, tezkor qidiruv xodimlari tomonidan sudlanuvchining yashash xonadoni yerto‘lasi ko‘zdan kechirilganda, onaning jasadi qotillik alomatlari bilan topilgan.

Kiritildi: 17:51 06.09.2021. O'qildi: 6700 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik