Toshkentda ijaraga olingan xonadonda, bir qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan talabaga nisbatan sud hukm oqildi. Bu haqda Millar dasturida habar berildi.
Hodisa joriy yil iyun oyida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 20 yoshli talaba ijaraga olingan uyiga, bir ayolni jinsiy munosabatda bo‘lish uchun taklif qilgan.
Ammo ular o‘rtasida janjal kelib chiqqan va oqibatda yigit qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan. Shundan so‘ng, yigit jasadni choyshabga o‘rab, voqea joyidan qochib ketgan.
Ayblanuvchiga ko‘ra, hodisa sodir bo‘lgan kuni, u intim xizmatlar haqidagi e’lonlar joylashtirilgan kanalga kirgan va bir xonadonni ijaraga olgan.
Men bir qizga xabar yozdim va bir soati qancha turishini so‘radim. U 1 million so‘m deb aytdi. Hammasi yaxshi ketayotgandi. Uchrashuv paytida unga qo‘ng‘iroqlar bo‘lib, u kim bilandir gaplasha boshladi. Keyin u meni qo‘rqitib, baqirib, shantaj qila boshladi», — deydi yigit sud majlisida.
Qayd etilishicha, talaba qizning og‘zini yopishga uringan, ammo qiz unga qarshilik qilgan. Natijada u qizni bo‘g‘ib o‘ldirgan va Surxondaryo viloyatiga jo‘nab ketgan.
Sud uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybdor deb topib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.