Bugun 11 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Zelenskiyning Kremlga Tomahawk'lar bilan zarba berish tahdidlari nafaqat shantaj, balki maqtanchoqlik hamdir — Putin

Zelenskiyning Kremlga Tomahawk'lar bilan zarba berish tahdidlari nafaqat shantaj, balki maqtanchoqlik hamdir — Putin

Rossiya prezidenti bu fikrni Dushanbeda o‘tkazilgan MDH davlatlari rahbarlarlarining yig‘ilishidan keyingi matbuot anjumanida bildirdi.

Putinning aytishicha, AQSh tomonidan Ukrainaga Tomahawk uzoq masofali raketalarining berilishiga javoban Rossiya o‘zining havo mudofaasini kuchaytiradi.

Shuningdek, u Rossiya yaqin kelajakda mutlaqo yangi turdagi qurol haqida ma’lumot berishi mumkinligini bildirdi. Rossiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, bu qurolning sinovlari muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

Putin Rossiya qurollarining zamonaviyligi va aniqligi yuqori darajada ekanini ta’kidlab, mamlakat muzokaraga tayyorligini, biroq AQSh buni rad etgan taqdirda, hech qanday tiyib turish tizimi qolmasligini bildirdi.

Kiritildi: 19:13 10.10.2025. O'qildi: 1099 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!