Bugun 22 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Xabi Alonso - "Real" hujumchisiga: Endi o‘ynamaysan

A A A
Xabi Alonso - "Real" hujumchisiga: Endi o‘ynamaysan

The Athletic sahifalarida juma kuni "Real" hujumchisi Endrikning holati haqida material e’lon qilindi. Materialda aytilishicha, "qaymoqranglilar" bosh murabbiyi Xabi Alonso Endrikni bu mavsumda o‘yin vaqti cheklanishi haqida ogohlantirgan. Murabbiyning so‘zlariga qaramay, 19 yoshli braziliyalik futbolchi jamoada qolishga qaror qildi.

2025/2026 yilgi mavsumda Endrik hali biror marta maydonda ko‘rinish bermagan.

"Real" o‘tgan 8 turda 21 ochko to‘plagan holda Ispaniya chempionatida peshqadamlik qilmoqda. Xabi Alonso jamoasi navbatdagi uchrashuvni 19 oktyabr, yakshanba kuni safarda "Xetafe"ga qarshi o‘tkazadi.

Umuman olganda, Endrik "Real" safida 37 ta o‘yin o‘tkazib, 7 ta gol urgan.

Kiritildi: 18:47 10.10.2025. O'qildi: 10351 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!