Bugun 11 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Uz Auto Motors avtomobillari sotuvi 20 foizga pasayib ketdi(mi)?

Uz Auto Motors avtomobillari sotuvi 20 foizga pasayib ketdi(mi)?

Yil boshidan buyon 9 oy davomida O‘zbekistonda 141 304 dona Uz Auto Motors brendiga tegishli modellar sotilgan. Khorezm Auto brendi ostida ishlab chiqarilayotgan Damas va Labo modellarini qo‘shib hisoblaganda, bu miqdor 245 141 donani tashkil qilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan salkam 20 foizga kamroq. UzAM o‘tgan yil 9 oyi davomida jami 303 373 dona mashina sotgandi.

Ayni vaqtda hali hech qachon bo‘lmagan chegirmalar, foizsiz avtokreditlar bilan ham sotuv faqat va faqat pasayib bormoqda.

Shuningdek, sotilgan barcha avtomobillarning ulushida ham UzAuto Motors ulushi qisqarib bormoqda. O‘tgan yili O‘zbekistonda sotilgan har 100ta avtomobilning 89tasi UzAMga tegishli bo‘lgan, bu yil bu ko‘rsatkich 83tagacha pasaygan.

Hali bunga xususiy tadbirkorlar tomonidan olib kirilgan, norasmiy import mashinalari kiritilmagan. Ularni qo‘shsa, UzAMning bozordagi ulushi yanada kamaygani ko‘rinishi mumkin.

Kiritildi: 18:10 10.10.2025. O'qildi: 1072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!