Bugun 11 oktyabr, 2025 yil, shanba

КИР

Prof boksda o‘zbekcha derbi

Prof boksda o‘zbekcha derbi

Xabar berganimizdek, 14 noyabr kuni Toshkentdagi "Humo arena" majmuasida yirik prof boks oqshomi o‘tkaziladi.

Musobaqada havaskor boksda Jahon chempionati sovrindori A’loxon Abdullayev ringga chiqishi e’lon qilingandi. Lift Promotions va Matchroom Boxing hamkorligida tashkil etiladigan turnirda A’loxonga boshqa bir hamyurtimiz Suhrob Qayumov raqib bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, 22 yashar A’loxon Abdullayev prof faoliyati davomida 4 ta jang o‘tkazib, 3 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Suhrob Qayumov hisobida esa 4 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat bor.

Kiritildi: 21:55 10.10.2025. O'qildi: 1189 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!