Bugun 23 noyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda 2 ta reduktor ichiga yashirilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi

Toshkentda 2 ta reduktor ichiga yashirilgan 5 kg sintetik giyohvandlik vositasi aniqlandi

Bojxona qo‘mitasi matbuot kotibi Husan Tangriyevning ma’lum qilishicha, 31 yoshli taksi haydovchisi 2 dona avtoehtiyot qismni Rossiyadan 200 dollar evaziga O‘zbekistonga olib kelib bergan.

Shuningdek, yana bir fuqaro 150 ming so‘m evaziga reduktorlarni “Navoiy” bojxona postidan olib o‘tib berishga rozi bo‘lgan. Bojxona postidagi tekshiruvlarda ehtiyot qismlar ichida 5 kg og‘irlikdagi klefedron sintetik giyohvandlik vositasi borligi ma’lum bo‘lgan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, giyohvandlik vositasini Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 2 nafar shaxsga eltib berishi kerak bo‘lgankuryerr ham qo‘lga olingan.

Ta’kidlanishicha, taksist ham, reduktorlarni bojxonadan olib o‘tib bergan kishi vakuryerr ham ehtiyot qismlar ichiga giyohvandlik vositasi yashirilganini bilmagan.

Bojxona qo‘mitasi fuqarolardan bojxona postlari orqali o‘zgalarning yuklarini olib o‘tib bermaslikni so‘ramoqda.

Kiritildi: 23:45 22.11.2025. O'qildi: 240 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!