Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkentda 110 mingta uy buzilishi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

Toshkentda 110 mingta uy buzilishi haqidagi xabarlar tasdiqlanmadi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentda 110 mingta uy buzilishi boshlangani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ma’lumot berdi.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining ma’lum qilishicha, tarmoqlarda tarqalgan ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. Ayni kunlarda mamlakatimizda ko‘p qavatli uy-joy fondining seysmik holatini o‘rganish va baholash ishlari olib borilmoqda. Bu tadbirlar aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida profilaktik tarzda amalga oshirilmoqda.

Hozirda hech qanday rasmiy hujjatlarga ega bo‘lmagan bitta ob’ektda seysmik talablarga mos kelmaslik holati aniqlangan. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida ushbu ob’ekt bo‘yicha belgilangan tartibda tegishli chora-tadbirlar ko‘rilgan.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, ayni vaqtda ommaviy ravishda uy-joylarni buzishga oid hech qanday qaror yoki reja mavjud emas.

Fuqarolardan ishonchsiz manbalar orqali tarqalayotgan asossiz xabarlarga ishonmaslik va rasmiy ma’lumotlarga tayanish so‘raladi. Yolg‘on axborot tarqatganlik uchun esa qonunchilikda javobgarlik belgilanganini eslatib o‘tamiz, — deyiladi xabarda.

Kiritildi: 16:23 12.06.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!