Eron AQShni Qatardagi Amerika aviabazasiga zarba berilishi haqida oldindan ogohlantirdi, dedi Donald Tramp NATOning Gaagadagi sammiti yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
"Ular juda yoqimli edi. Bizni ogohlantirishdi. Ular zarba bermoqchi ekanliklarini aytishdi, "soat birda - bu yaxshimi?" - Yaxshi. Va biz hammani jabrlanmaslik uchun bazadan olib chiqdik," - dedi AQSh prezidenti.
Avvalroq Tramp Tehronga ushbu ogohlantirish uchun minnatdorchilik bildirgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, otishma "kuchsiz" bo‘lgan: bitta raketa nishonga tegmagan, qolganlarini havo mudofaasi urib tushirgan.