Bugun 27 iyun, 2025 yil, juma

КИР

Tokio Trampning Eron zarbalarini Yaponiyaning atom bombasi bilan solishtirganiga munosabat bildirdi

Tokio Trampning Eron zarbalarini Yaponiyaning atom bombasi bilan solishtirganiga munosabat bildirdi

Yaponiya Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosimasa Xayasi matbuot anjumanida AQSh prezidenti Donald Trampning Eron yadro inshootlariga berilgan zarbalarni Xirosima va Nagasakidagi atom bombalari bilan solishtirgan bayonotlariga izoh berdi.

Yapon siyosatchisi tarixiy voqealarga baholarni odatda ekspertlar berishini ta’kidladi.

"Urush paytida atom bombasidan jabr ko‘rgan yagona davlat sifatida Yaponiya yadro quroli sabab bo‘lgan vayronagarchilik hech qachon takrorlanmasligi kerakligiga ishonch hosil qiladi va yadro qurolidan xoli dunyo yaratish yo‘lida ishlashda davom etadi. Bayonotda bildirgan fikringizga kelsak, tarixiy voqealarga baholar odatda ekspertlar tomonidan beriladi", - dedi Xayasi.

Bir kun avval Tramp AQShning Eron yadro inshootlariga bergan zarbalarini Ikkinchi jahon urushiga “tugatgan” Xirosima va Nagasaki shaharlariga atom bombalarini tashlash bilan qiyoslagan edi. Davlat rahbari Eron yadro dasturi “o‘nlab yillar orqaga chekindi” deb da’vo qildi. Shu bilan birga, u Eron uranni boyitishda davom esa, unga yangi zarbalar berilishini istisno etmadi.

Kiritildi: 13:30 26.06.2025. O'qildi: 1190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!