Bugun 26 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Putin Braziliyadagi BRICS sammitiga bormaydi, chunki...

Putin Braziliyadagi BRICS sammitiga bormaydi, chunki...

Kreml bu qarorni bevosita Braziliyaning Xalqaro jinoiy sudga a’zoligi bilan bog‘ladi

"Rossiya prezidenti Vladimir Putin 6–7 iyul kunlari Braziliyaning Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan BRICS davlatlari yetakchilari sammitida videokonferensiya orqali ishtirok etadi", — deya ma’lum qildi Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov.

Braziliya Gaaagadagi Xalqaro jinoiy sud (XJS) a’zosi hisoblanadi. Ushbu sud 2023 yilda Putinni hibsga olish uchun order chiqargan edi. Shundan so‘ng Putin Rim statutini imzolagan boshqa davlatlarga, masalan, Mongoliyaga safar qilgan, biroq u yerda uni hibsga olishga urinish bo‘lmagan.

Biroq Ushakov bu safar qarorni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Braziliyaning XJSga a’zoligi bilan bog‘ladi. "Bu Xalqaro jinoiy sud talablari bilan bog‘liq ma’lum qiyinchiliklarga aloqador. Aynan shu kontekstda Braziliya hukumati bizning prezidentimiz ushbu yig‘ilishda ishtirok eta olishini ta’minlaydigan aniq pozisiyani egallay olmadi", — deya aniqlik kiritdi prezident yordamchisi.

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, xalqaro hibsga olinish orderi mavjud bo‘lmagan shaxs sifatida, BRICS sammitida shaxsan qatnashadi.

Kiritildi: Bugun 07:28. O'qildi: 1902 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!