Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisining sumkasidan pnevmatik miltiq va o‘q-dorilar topildi

A A A
Toshkentda 10-sinf o‘quvchisining sumkasidan pnevmatik miltiq va o‘q-dorilar topildi

20 fevral kuni 10-sinf o‘quvchisi, 2003 yilda tug‘ilgan M.M. o‘zi bilan maktabga pnevmatik miltiq, gaz ballonlar, niqob va boshqa o‘q-dorilar olib kelganligi aniqlangan. Bu haqda Daryo xabar berdi.

Huquqni muhofaza etish organlarining mazkur saytga ma’lum qilishicha, ushbu hodisa 20 fevral kuni 5-sonli umumta’lim maktabida profilaktika inspektori tomonidan maktab sumkalarini tekshirish vaqtida aniqlangan.

Bolaning sumkasida 1 dona MINI UZI IWI 16C30245 raqamli glushiteli bilan birga pnevmatik avtomat, 4 ta pnevmatik gaz ballon, 1 dona pnevmatik avtomat uchun magazin, bir plastmassa idishda 1,5 mingga yaqin metall zoldir va bosh uchun maska topilgan.

Holat bo‘yicha dastlabki tergov ishlari olib borilmoqda.

Manba: xs. uz

Kiritildi: 21:48 21.02.2019. O'qildi: 2223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!