Bugun 27 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi urib yuborgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi urib yuborgan YPX inspektori vafot etdi

Toshkentda 10-sinf o‘quvchisi urib yuborgan YPX inspektori vafot etdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 25 fevral kuni soat 21:48larda Toshkent shahrida xizmat olib borayotgan YPX inspektori kichik serjant Xosilbek Eshnazarov 10 sinf o‘quvchisi bo‘lgan voyaga yetmagan haydovchi boshqaruvidagi «BMW» rusumli avtomashina urib yuborilgan. Oqibatda hayoti uchun og‘ir tan jarohatlarini olib 3 kun davomida shifokorlar nazoratida bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimi ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan vafot etdi.

«Kichik serjant Xosilbek Eshnazarov 2022 yildan ichki ishlar organlarida xizmat qilgan. Uning ortidan ota-onasi, ayoli, 2 nafar o‘g‘il va 1 nafar qiz farzandlari qoldi», deyiladi vazirlik xabarida.

Kiritildi: Bugun 19:50. O'qildi: 471 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!