Ma’lumotlarga ko‘ra, Daniyada saylovlar har qanday holatda ham bu yil 31 oktyabrdan kechiktirmay bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan. Ammo ovoz berishning bunday erta, ya’ni 24 martga belgilanishini ko‘pchilik AQSh prezidentining Daniya qirolligi tarkibidagi Grenlandiya avtonom hududi ustidan nazoratni qo‘lga kiritish tahdidlari fonida mamlakat bosh vaziri Mette Frederiksen reytingining oshishi bilan bog‘lamoqda.
“Biz AQSh bilan munosabatlarimiz mohiyatini aniqlashimiz kerak va qit’amizda tinchlik bo‘lishi uchun yana qurollanishimiz zarur”, — dedi Daniya hukumati rahbari.
Mette Frederiksen Daniya hukumatini 2019 yildan buyon boshqarmoqda. Uning bosh vazirligi davrida COVID-19 pandemiyasi, Ukraina urushi va Trampning Grenlandiya bilan bog‘liq tahdidlari sodir bo‘lgan.