Pokiston havo kuchlariga tegishli samolyot Afg‘oniston hududi ustida urib tushirildi. Bu haqda TOLOnews 27 fevral kuni ijtimoiy tarmoq sahifasida xavfsizlik xizmatlaridagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, "Afg‘oniston kuchlari Afg‘oniston havo hududiga kirgan Pokiston samolyotini urib tushirdi".
Avvalroq, 26 fevral kuni Pokiston va Afg‘onistonning oltita viloyati chegarasida ikki mamlakat qurolli kuchlari o‘rtasida qurolli to‘qnashuvlar boshlanganligi haqida xabar berilgan edi.
27 fevral kuni Pokiston mudofaa vaziri Xavaja Asif Afg‘onistondagi Tolibon rejimiga qarshi ochiq harbiy harakatlarni boshlash niyatini e’lon qildi.
Eslatib o‘tamiz, Afg‘oniston va Pokiston sulhni 2025 yil 30 oktyabrda uzaytirishga kelishib olishgan edi.