Bugun 15 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkentda 1 kunda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarga qancha jarima qo‘llanildi?

Toshkentda 1 kunda belgilanmagan joylarga chiqindi tashlaganlarga qancha jarima qo‘llanildi?

Toshkent shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan belgilanmagan joylarga chiqindi tashlashga qarshi navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.
Xususan, 12-mart kuni o‘tkazilgan reyd davomida poytaxt hududida bir kunning o‘zida chiqindi tashlash bilan bog‘liq 16 ta huquqbuzarlik aniqlandi. Huquqbuzarlarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 91prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jami 11 million 375 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

Ma’lumot uchun, MJtKning 91prim 1-moddasi 1-qismiga ko‘ra, belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni va qurilish chiqindilarini tashlash, shuningdek, suyuq maishiy chiqindilarni to‘kish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 3 baravarigacha (375 000 — 1 125 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa 10 baravaridan 20 baravarigacha (3 750 000 — 7 500 000 so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha (1 875 000 — 3 500 000 so‘m), mansabdor shaxslarga esa 20 baravaridan 30 baravarigacha (7 500 000 — 11 250 000 so‘m) miqdorda jarima solinadi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 12:16 14.03.2025. O'qildi: 418 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!