Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integrasiyasida yangi bosqich

Toshkent xalqaro moliya markazi: O‘zbekistonning global iqtisodiyotga integrasiyasida yangi bosqich

Prezident tomonidan "Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida"gi Konstitusiyaviy qonun imzolandi.

Bu joriy yilning eng muhim iqtisodiy yangiliklaridan biri hamda qariyb o‘n yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan tizimli islohotlarimizning mantiqiy natijasidir, — deydi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.

📌 Ushbu hujjat mamlakatimizda xalqaro standartlarga mos moliyaviy infratuzilmani shakllantirish, investisiya muhitini yanada yaxshilash va O‘zbekistonning xalqaro kapital bozorlaridagi raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan muhim institusional islohot hisoblanadi.

Toshkent xalqaro moliya markazi hududida investorlar va moliyaviy tashkilotlar uchun alohida huquqiy rejim joriy etiladi. Markazda mustaqil moliyaviy regulyator, Toshkent xalqaro tijorat sudi va nizolarni hal etishning zamonaviy mexanizmlari faoliyat yuritadi. Bu esa xalqaro investorlar uchun huquqiy kafolatlar va barqaror biznes muhitini ta’minlashga xizmat qiladi.

🔅 Yangi markaz bank va investisiya xizmatlari, kapital bozori, sug‘urta, islom moliyasi, fintex, raqamli aktivlar, aktivlarni boshqarish, yuridik va konsalting xizmatlarini qamrab olgan zamonaviy moliyaviy ekotizim sifatida rivojlantiriladi.

❗️2030 yilgacha mazkur tashabbus orqali 20–25 mlrd AQSh dollarigacha qo‘shimcha investisiyalar jalb qilish, iqtisodiyotning yillik o‘sishiga qo‘shimcha hissa qo‘shish, 15 minggacha yuqori malakali ish o‘rni yaratish va 10 ming nafar mutaxassisning malakasini oshirish rejalashtirilgan.

✅ Bu esa xususiy sektorni rivojlantirish, innovasion moliyaviy xizmatlarni kengaytirish va mamlakatning investisiyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

📌 Toshkent xalqaro moliya markazining tashkil etilishi — O‘zbekistonning ochiq, raqobatbardosh va xalqaro moliyaviy tizimga chuqur integrasiyalashgan iqtisodiyotni barpo etish yo‘lidagi muhim strategik qadamidir.

Kiritildi: 07:34 11.07.2026. O'qildi: 1019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!