Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasi Soliq qarzini undirishni tashkil qilish sho‘’basi davlat soliq bosh inspektori Gayibov Umid Raxmanberdiyevichning 46 yoshida vafot etgani haqidagi xabarni chuqur qayg‘u bilan qabul qilindi.
Umid Raxmanberdiyevich 20 yildan ziyod vaqt davomida bir tuman inspeksiyasida fidokorona mehnat qilib, soliq tizimi rivoji va davlat xizmati taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi. U o‘zining sadoqati, mas’uliyati va ko‘p yillik samarali mehnati bilan hamkasblari orasida munosib hurmat qozongan edi.
Inson umri qisqa, ammo uning ezgu ishlari, halol mehnati va yaxshi nomi umrboqiydir. Umid Raxmanberdiyevichning davlat xizmatidagi ko‘p yillik faoliyati va yorqin xotirasi hamkasblari qalbida hamisha saqlanadi.
"O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi jamoasi marhumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi" - deyiladi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi bayonotida.