Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi do‘konda yirik yong‘in yuz berdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Bugun 6 avgust kuni, soat 12:29 da FVV navbatchilik qismiga «Tokzor» mahallasi hududida joylashgan do‘konda yong‘in chiqqani haqida xabar kelib tushgan.
Yong‘in soat 13:48 da qurshab olingan va soat 14:09da to‘liq bartaraf etilgan.
Jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan.