Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi (ro‘yxat)

Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi (ro‘yxat)

Toshkent viloyati hokimining ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qayd etilishicha, bu bilan hududlardagi avtomobil yo‘llarida yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini kamaytirish maqsad qilingan.

Hokim qarori bilan Toshkent viloyati YHXBning viloyat hududida joylashgan 37 ta yo‘l qismlaridagi ayrim aholi yashash hududlaridan tashqarida avtomobillar tezligini soatiga 100 kilometrdan 80 kilometrgacha kamaytirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullandi.

Viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi mashinalar tezligi kamaytirilayotgan hududlardan tashqarida joylashgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llariga 3.24 «yuqori tezlik cheklangan» yo‘l belgilarini amaldagi talablar asosida besh kun muddatda o‘rnatilishini ta’minlash topshirildi.

Viloyat YHXB tezligi kamaytirilayotgan aholi yashash hududlaridan tashqarida cheklangan tezlikda avtomobillar harakatlanishini nazorat qilish uchun shaxsan mas’ul etib belgilandi.

Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi (ro‘yxat)

Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi (ro‘yxat)

Kiritildi: Bugun 08:10. O'qildi: 772 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!