To‘rtta harbiy yordam paketi allaqachon AQSh va NATO tashabbusi bo‘lgan Ukraina uchun ustuvor talablar ro‘yxati (Prioritized Ukraine Requirements List - PURL) dasturi doirasida moliyalashtirilgan.
Bu haqda "RBK-Ukraina"ga NATO vakili ma’lum qildi.
"Prioritized Ukraine Requirements List - PURL dasturi bo‘yicha hozirgacha to‘rtta paket moliyalashtirildi. Birinchi paketlardan ba’zi jihozlar allaqachon Ukrainaga yetib borgan, yana ko‘plari yo‘lda", - dedi manba.
Avvalroq, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy birinchi PURL harbiy yordam paketlari Patriot va HIMARS tizimlari uchun raketalarni o‘z ichiga olishini ta’kidlagan edi.