Toshkent—Vodiy A-373 avtomobil yo‘lining 91-kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk tashuvchi mashina 11 mart kuni soat 18:40 da yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar berdi.
Yong‘in o‘chirish ekipaji yong‘in joyiga soat 18:50 da yetib borib, soat 19:07 da to‘liq o‘chirilgan.
Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarari aniqlanmoqda. Hodisa oqibatida tan jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.