Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida qum-shag‘al qazib olish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi

Toshkent viloyatida qum-shag‘al qazib olish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi (Ekopolisiya) xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Yangiyo‘l tumani «Baytish» MFY hududida olib borilgan reyd davomida hududdan oqib o‘tuvchi «Chirchiq» daryosining muhofaza mintaqacidan bir guruh shaxslar tomonidan maxsus texnikalar (1 dona ekskavator va yuk mashinasi) yordamida noqonuniy ravishda, o‘zboshimchalik bilan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, texnikalar yordamida hududdan olib chiqib ketilayotganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Quyi Chirchiq tumani «Mevazor» MFY hududida o‘tkazilgan reyd davomida hududdan oqib o‘tuvchi «Chirchiq» daryosi o‘zanidan bir guruh shaxslar tomonidan maxsus texnikalar (1 dona ekskavator va yuk mashinasi) yordamida noqonuniy ravishda, o‘zboshimchalik bilan qum-shag‘al aralashmasi qazib olinib, texnikalar yordamida hududga yaqin masofada joylashgan tosh maydalash korxonasiga tashib ketilayotganligi aniqlandi.

Transport vositalari tosh maydalash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi «F.M.» MCHJga tegishli ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Har ikki holatda ham «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunning 18-moddasi, «Er qa’ri to‘g‘risida»gi qonunning 31-moddasi va «Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida»gi qonunning 41-moddasi talablari qo‘pol ravishda buzilgan va tabiatga katta miqdorda zarar yetkazilgan.


Huquqbuzarliklar yuzasidan texnika vositalari vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilib, tegishli hujjatlar holatga huquqiy baho berish uchun Bosh prokuraturaga yuborildi.

Kiritildi: 17:21 23.07.2026. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!