Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tezkor-profilaktik tadbirlari doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari hamkorligida Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Xususan, Zangiota tumanilik, 1978 y.t. fuqaro A.A.ning yashash xonadonidan 5 kg hamda Qibray tumanida istiqomat qiluvchi, 1974 y.t. D.A.ning uyidan esa 2 kg 326 gr. “Marixuana” giyohvandlik vositasi olindi.
Aniqlanishicha, har ikki qonunbuzar ham narkotik moddani yashash xonadonlarida yetishtirib, kelgusida sotish maqsadida saqlab kelishgan.
Hozirda ularga nisbatan Jinoyat Kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Boshqa holatda esa Rossiya Federasiyasidan olib kelinayotgan giyohvandlik vositasi DXX hamda Bojxona qo‘mitasi xodimlari say’-harakati bilan to‘xtatib qolindi.
Jumladan, Toshkent tumanidagi “Navoiy” chegara bojxona postiga Qozog‘istondan kirib kelgan – Toshkent shahrida yashovchi, 1989 y.t. A.A. hamda Farg‘ona viloyatining Bog‘dod tumanida yashovchi, 1994 y.t. M.A.ga tegishli 2 dona reduktor tekshirilganda, uning ichida 4 kg 965 gr “Klefedron” sintetik narkotik moddasi borligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Toshkent shahrida ushbu ajal og‘usini qabul qilib olgan, ularning yana 3 nafar sheriklari E.B., I.I. va O.J.lar ham qo‘lga olindi.
Aniqlanishicha, narkotik modda turli messenjerlar orqali giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi Rossiya Federasiyasi fuqarosi tomonidan yuborilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.