Bugun 25 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Toshkent viloyatida poraxo‘r kadastrchi qo‘lga tushdi

Toshkent viloyatida poraxo‘r kadastrchi qo‘lga tushdi

Davlat kadastrlar palatasining Oqqo‘rg‘on tuman filiali kadastr muhandisi o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, mahalliy fuqaro tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab olingan 9 sotix yer maydoniga O‘zbekiston Respublikasining 2024 yildagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi qonuni doirasida egalik guvohnomasini rasmiylashtirib, uy-joy qurish uchun ruxsat olib berish evaziga 1200 AQSh dollari talab qiladi.

DXXning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda kadastr muhandisi so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:35 23.06.2025. O'qildi: 675 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!