Toshkent viloyatining Qibray tumanida osh markazi va do‘kon yonib ketdi. Holat haqida FVV batafsil ma’lumot berdi.
Qayd qilinishicha, 10 dekabr kuni soat 03:49 da Toshkent viloyati FVBga Qibray tumani, «G‘afur G‘ulom» MFY, Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning birida (osh markazi) yong‘in sodir bo‘layotganligi haqida xabar kelib tushgan.
Xabarga asosan, 16 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 03:54 da hodisa joyiga yetib borib, yong‘in soat 05:10 da o‘rab olingan va soat 05:50 to‘liq o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.