Bugun 4 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida ayol o‘zini poyezd ostiga tashladimi?

Toshkent viloyatida ayol o‘zini poyezd ostiga tashladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 30 aprel tongda ayol o‘zini poyezd ostiga tashlagani aks etgan video tarqaldi, deb xabar bermoqda Daryo uz nashri.

Shuningdek, tarmoqlarda tarqalgan yana bir videoda “Jizzax-G‘alaorol” bekatlari oralig‘ida bir guruh maktab o‘quvchilari yaqinlashib kelayotgan “Afrosiyob” poyezdi oldida relslarni kesib kesib o‘tgani aks etgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ matbuot xizmati bu borada izoh berib, mazkur hodisalar yana bir bor temir yo‘l relslari yaqinida xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik masalasini ko‘tarayotaginini ta’kidladi.

Ogohlantiruvchi belgilar mavjudligiga qaramay, ko‘pchilik asosiy xavfsizlik choralarini e’tiborsiz qoldirib, o‘zi va boshqalarning hayotini xavf ostida qoldirishi aytib o‘tilgan.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” O‘zbekiston fuqarolari va mehmonlariga temir yo‘llar yaqinidagi barcha belgilangan xatti-harakatlar normalari va qoidalariga rioya qilish muhimligini eslatadi. Shuni esda tutish kerakki, poezdlar favqulodda tormozlashda ham bir zumda to‘xtashga qodir emas va yo‘lni kesib o‘tish tartibining har qanday buzilishi hayot uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Yurtimizning barcha aholisi va mehmonlariga murojaat qilib, temir yo‘lni kesib o‘tishda ehtiyot va mas’uliyatli bo‘lishga, svetofor va temiryo‘lchilar ko‘rsatmalariga qat’iy rioya qilishga chaqiramiz”, deyiladi xabarda.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hozirga qadar boshqa rasmiy ma’lumot berilmagan.

Kiritildi: 10:14 03.05.2025. O'qildi: 782 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!