Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Toshkent viloyatida avariyaga uchragan yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkent viloyatida avariyaga uchragan yuk mashinasi yonib ketdi

23 avgust kuni soat 07:00 atrofida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, A373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining 4-kilometrida sement tashishga mo‘ljallangan Howo rusumli yuk avtomobili rul boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Cobalt avtomobiliga borib urilgan.

Zarba natijasida Cobalt ag‘darilib ketgan, yuk mashinasida esa yong‘in kelib chiqqan. Hodisa vaqtida Cobalt ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 23:55 23.08.2025. O'qildi: 2324 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!