Bugun 9 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Toshkent viloyatida 8 bosh itolg‘i tabiatga qo‘yib yuborildi

Toshkent viloyatida 8 bosh itolg‘i tabiatga qo‘yib yuborildi

Toshkent viloyatida lochinlar oilasiga mansub 8 bosh itolg‘i qushi tabiatga qo‘yib yuborildi.

Tadbirda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi, vazirlikning Toshkent va Sirdaryo viloyatlari boshqarmalari, “Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti” hamda Zoologiya instituti mutaxassislari ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun, mazkur itolg‘ilar Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi tomonidan DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan reyd tadbiri chog‘ida aniqlangan. Qushlar keyin Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasiga topshirilgan.

Veterinariya mutaxassislari va Zoologiya instituti xodimlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan qushlar sog‘lom deb topilgandan so‘ng tabiiy muhitga qo‘yib yuborildi.

Itolg‘i — yo‘qolib borayotgan qushlar turiga kiradi va u O‘zbekiston “Qizil kitobi” hamda CITES konvensiyasining II ilova ro‘yxatiga kiritilgan. Bu tur, ayniqsa, ko‘chib yuruvchi qushlar qatorida bo‘lgani sababli, uni muhofaza qilish bugungi kunda dolzarb masala hisoblanadi.

Kiritildi: 14:41 06.10.2025. O'qildi: 995 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!