Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Putin Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida ishtirok etadimi?

Putin Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan MDH sammitida ishtirok etadimi?

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10 oktyabr kuni Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) Davlat rahbarlari sammitida ishtirok etadi.

Bu haqda Rossiya prezidentining xalqaro masalalar bo‘yicha yordamchisi Yuriy Ushakov jurnalistlarga ma’lum qildi.

"10 oktyabr, juma kuni prezidentimiz MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etadi”, — dedi Kreml matbuot kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yig‘ilishda MDH doirasida savdo-sarmoyaviy sheriklikni rivojlantirish va xavfsizlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi.

Kiritildi: Bugun 06:00. O'qildi: 1456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!