Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Prezident korteji noma’mul shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi

Prezident korteji noma’mul shaxslar tomonidan o‘qqa tutildi

Kanyar provinsiyasida noma’lum qurolli shaxslar Ekvador prezidenti Daniel Noboaning mashinasiga qarata o‘q uzdi.

Bu haqda nomi oshkor etilmagan vazir xabar berdi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, prezident kortejini 500 ga yaqin odam qurshab olgan, ular davlat rahbari tadbirga yaqinlashayotgan paytda mashinalarni toshbo‘ron qilgan.

"Prezidentning mashinasida o‘q izlari topildi", — dedi rasmiy.

Ekvador atrof-muhit va energetika vaziri Ines Mansano seshanba kuni Noboaga suiqasd uyushtirilgani rasman e’lon qilinganidan keyin gapirdi. Uning aniqlik kiritishicha, prezident hech qanday zarar ko‘rmagan va voqea yuzasidan besh kishi hibsga olingan.

Kiritildi: Bugun 08:30. O'qildi: 2931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!