FQBning Vashingtondagi ofisi Amerikaning 12 dan ortiq yirik yuridik va texnologiya kompaniyalariga qaratilgan xakerlik hujumlari yuzasidan tekshiruv boshladi.
Bu haqda The New York Times nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, so‘nggi oylarda kompyuter tizimlari xakerlik hujumiga uchragan kompaniyalardan biri Amerikaning yirik siyosatchilari, jumladan, AQShning 42-prezidenti Bill Klinton hamda sobiq birinchi xonim va davlat kotibi Hillari Klintonlar vakili bo‘lgan nufuzli Williams & Connolly yuridik firmasi bo‘lgan.
Firma mijozlarni tajovuzkorlar ba’zi elektron pochta yozishmalariga kirganligi haqida ogohlantirgan, biroq hech qanday maxfiy ma’lumot o‘g‘irlanmagan.
The New York Times nashrining yozishicha, hujumlarda xitoylik xakerlar ishtirok etgan bo‘lishi mumkin.