Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Italiya bosh varizi G‘azo sektoridagi genosidda ishtirok etgani uchun sudga tortilganini bilasizmi?

Italiya bosh varizi G‘azo sektoridagi genosidda ishtirok etgani uchun sudga tortilganini bilasizmi?

Italiya bosh vaziri Djordja Meloni RAI davlat telekanaliga bergan intervyusida uning ustidan G‘azo sektoridagi "genosidga sheriklik" aybi bilan Xalqaro jinoiy sudga shikoyat qilinganini aytdi.

Meloni, shuningdek, Xalqaro jinoyat sudiga mudofaa vaziri Gvido Krozetto, tashqi ishlar vaziri Antonio Tayani va, ehtimol, Leonardo mudofaa kompaniyasi direktori Roberto Chingolani ustidan shikoyatlar kelib tushgan. "Menimcha, dunyoda ham, tarixda ham shunga o‘xshash boshqa holat bo‘lmagan", dedi bosh vazir (shikoyatlarni kim topshirganiga aniqlik kiritmasdan.

Sentyabr oyi o‘rtalarida Il Fatto Quotidiano gazetasi sharhlovchisi Fabio Marselli o‘z ruknida “Kimki og‘ir jinoyat sodir etish uchun qurol yetkazib bergan bo‘lsa, ular shu maqsadda ishlatilishini to‘liq anglagan holda, bu jinoyatga sherik bo‘lganlik uchun javobgardir”, deb yozgan edi.

Meloni bu da’volarni rad etdi. Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, Italiya 2023 yil 7 oktyabrda Xamas jangarilari mamlakatga hujum qilgan va Isroil armiyasi G‘azoda havo hujumlari bilan javob qaytara boshlaganidan beri Italiya Isroilga yangi qurol yetkazib berishga ruxsat bermagan. "Biz eng qat’iy pozisiyaga ega bo‘lgan Yevropa mamlakatlari qatoridamiz", dedi u. Chingolani, shuningdek, genosidga sheriklik ayblovlarini rad etib, ularni uydirma deb atadi.

Kiritildi: Bugun 11:15. O'qildi: 850 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!