Bugun 8 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Banklar avtokredit mezonlarini buzgani uchun mijozlarga 11 mlrd dollar to‘laydi

Banklar avtokredit mezonlarini buzgani uchun mijozlarga 11 mlrd dollar to‘laydi

Britaniya banklari avtokredit sohasidagi qonunbuzarliklar tufayli mijozlarga 8,2 milliard funt sterling (11 milliard dollar) tovon to‘laydi.

Bu haqda "Interfaks" xabar bermoqda.

Financial Conduct Authority, FCA ma’lumotlariga ko‘ra, kompensasiya dasturini ishga tushirish va amalga oshirish moliya institutlariga taxminan 2,8 milliard funt sterlingga tushadi va ularning umumiy xarajatlari 11 milliard funt sterlingga etadi. Ilgari regulyator bu miqdorni 9-18 milliard funt sterlingga baholagan edi.

Joriy yilning avgust oyida Buyuk Britaniya Oliy sudi banklar faqat vijdonsiz kreditlashning eng jiddiy holatlarida mijozlarga kompensasiya to‘lashi kerakligi haqida qaror chiqardi.

Ish banklar tomonidan avtomobil sotuvchilariga to‘lanadigan komissiyalar bilan bog‘liq. Financial Conduct Authority (FCA) 2021 yilda ushbu komissiyalarni taqiqladi va 2024 yilda o‘tgan kelishuvlarni ko‘rib chiqishni boshladi.

FCA iste’molchilarga o‘rtacha 700 funt sterling miqdorida kompensasiya olishlarini kutmoqda. Ilgari bu miqdor 950 funt deb prognoz qilingan edi.

Kiritildi: Bugun 08:00. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!