O‘zenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Qibray tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro M.SH.ga qarashli xonadonda mayning qurilmasi tarmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, elektr ta’minoti korxonasining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 1 milliard 14 million so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.