Bugun 29 iyun, 2025 yil, yakshanba

КИР

Toshkent viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Toshkent viloyatida 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

“O‘zenergoinspeksiya” Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirida “B. B. A.” OKga qarashli omuxta yem ishlab chiqarish korxonasida hisoblagichdan tashqari gaz quvuriga yashirincha montaj qilish orqali tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Dastlabki hisob-kitoblarga asosan davlat manfaatlariga yetkazilgan zarar miqdori 1 milliard 894 million so‘mni tashkil etgan.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:28 10.06.2025. O'qildi: 504 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!